Sergey Kovalev Alvaresdan revansh olmoqchi

  • 26 avgust, 2018, 14:43
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yarim og‘ir vazn toifasining sobiq jahon chempioni Sergey Kovalev Eleyder Alvares bilan revansh jangini o‘tkazishni istamoqda. Bu haqda rossiyalik bokschining menejeri Egis Klimas xabar bergan.

Tecno

Ha, u revansh bo‘lishini istamoqda. Boshqa hech qanday jang kerak emas. Bundan muhimroq jang hozir yo‘q, – deya Klimasning so‘zlarini keltiradi Boxingnews24 nashri.

Eslatib o‘tamiz, Alvares va Kovalev o‘rtasidagi birinchi jang 4 avgust kuni bo‘lib o‘tgan va rossiyalik bokschi mag‘lub bo‘lgan.

Buning uchun Kovalevda 60 kuni ichida revansh borasida bir qarorga kelishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!