
Sergey Lushchan: “Bunyodkor” ketma-ket 7 o‘yinda “Loko”ga gol ura olmayotgani fojea emas. Asosiysi...
O‘zbekiston kubogi yarim final javob bahsidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Sergey Lushchan ishtirok etdi.
- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Asosiy raqibmiz bilan shunday o‘yin o‘tishi aniq edi. Mamlakat chempioni bu uchrashuvda ham g‘alaba qozondi.
Biz 3-4 vaziyatlar yaratdik. Ammo foydalana olmadik. Penaltidan ham gol ura olmadik. Bu futbol. Unda hamma narsa bo‘lishi mumkin.
15 dekabrgacha jamoa tanaffusga chiqadi. O‘sha kundan boshlab yaxshi tayyorgarlik o‘krishga harakat qilamiz.
“Bunyodkor” ketma-ket 7 o‘yindan beri “Lokomotiv” darvozasiga gol ura olmayotgani bu chindan ham muammo. Asosiysi biz vaziyatlar yaratmoqdamiz. Ammo gol ura olmayapmiz. Agar biz vaziyatlar yaratmagan bo‘lsak ana u fojea bo‘lardi. Biz faqat vaziyatlardan foydalana olmayapmiz xolos. Oldin aytganimdek bu futbol. Biz bu bahsda mag‘lub bo‘ldik.
Menga 5 ta taklif bo‘layotgani bor gap. Lekin aynan qaysilar borasida gapirishim shart emas, - deydi Lushchan.
Fikrlar