
Sergey Lushchan: Finalga chiqa olmasak ketishdan qo‘rqmayman, menda xorijdan 5ta taklif bor
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” bahsidan so‘ng Sergey Lushchan quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:
– O‘yin to‘g‘risida ko‘p gapirib o‘tirish shart emas. Biz mag‘lub bo‘ldik, raqib bugun bizdan kuchli chiqdi. Shuni ta’kidlay olaman xolos.
Umuman olganda, bu yilgi chempionat yomon o‘tmadi. Ammo bundan yaxshiroq o‘ynashimiz va yanada yaxshiroq natija qayd etishimiz ham mumkin edi. Lekin yakunda biz 2-pog‘onadan joy oldik. Demak, tarkibimizdagi ijrochilar bilan hozircha faqat kumush medallarga ega chiqa olar ekanmiz.
Agar yanada yaxshiroq natijalarga ega chiqishni istasak, tarkibga ko‘proq mahoratliroq, tajribaliroq bo‘lgan o‘yinchilarni chaiqirishimiz kerak.
Yana 3 kundan so‘ng kubok doirasida ham “Lokomotiv” bilan o‘yin o‘tkazamiz. Agar “Bunyodkor” finalga chiqa olmasa, bu mening egallab turgan o‘rnimga ta’sir etmaydi. Zero ayni paytda menda xorijning 5 ta jamoasidan taklif bor. Shu sababli vazifamdan ozod qilinish masalasi meni xavotirga solayotgani yo‘q, – deydi Lushchan.
Fikrlar