Sergey Lushchan "Shaxtyor"da ish boshladi
Ayni paytda Belarus oliy ligasida 8 ta o‘yinda 8 ta g‘alaba qozongan holda yakka peshqadam bo‘lib turgan Soligorskning “Shaxtyor” klubi o‘zbekistonlik mutaxassis Sergey Lushchanning xizmatlariga qiziqish bildirdi.
Sports.uzga ma’lum bo‘lishicha, Lushchan ushbu klubning taklifini qabul qilgan. Sergey Ivanovich “Shaxtyor”ning bolalar o‘smirlar sport maktabi (BO‘SM) direktori lavozimiga tayinlandi. Ma’lumki, ushbu jamoada legioner futbolchimiz – Shahzod Ubaydullaev to‘p surmoqda.
Lushchan bir necha yillar davomida “Bunyodkor”da turli lavozimlarda ishladi. Ayniqsa, u klub akademiyasida ancha samarali mehnat qilgani ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Shuningdek,” So‘g‘diyona” va “Dinamo” jamoalarida ham faoliyat olib borgan.
Fikrlar