
Sergey Xaritonovning professional boksdagi debyut jangi va uning ijrosidagi nokautni tomosha qiling (Video)
Rossiyaning Moskva viloyati Ximki shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tganligi haqida xabar bergan edik. Unda MMA jangchisi Sergey Xaritonov professional boksda debyut jangini o‘tkazdi. Xaritonovga amerikalik Denni Uilyams raqiblik qildi. Uilyams anchagina tajribali bo‘lib, o‘z vaqtida afsonaviy Mayk Taysonni nokautga uchrata olgan edi. Jang ikki raund davom etdi va rossiyalik MMA jangchisining professional boksdagi debyuti omadli chiqdi.
Quyida ushbu jangni tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar