
Serj Gnabri Chempionlar ligasida "Barselona"ni "tomiriga tushib oldi"
"Bavariya" futbolchisi Serj Gnabri Chempionlar ligasi doirasida "Barselona"ga qarshi o‘yinlarda 5-golli uzatmasini amalga oshirdi.
28 yoshli hujumchi o‘sha bellashuvning 18-daqiqasida Harri Keynning goliga assistentlik qildi. Shu tariqa, bu nemisning Chempionlar ligasidagi 8-golli uzatmasiga aylandi. Shundan 5 tasi "Barselona"ga qarshi o‘yinlarda amalga oshirilgan.
"OPTA" nashrining xabariga ko‘ra, turnir tarixida faqat Neymargina bir raqibga nisbatan o‘yinlarda ko‘proq pas amalga oshirgan. Braziliyalik vinger "Seltik"ga qarshi o‘yinlarda umumiy 8 ta golli uzatmani amalga oshirishga erishgan.
Fikrlar