Serxio Ramos hozircha “Sevilya”ni sotib olish bo‘yicha kelishuvga erisha olmadi

  • 28.05.2026 22:16
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real Madrid” va “Sevilya”ning sobiq himoyachisi Serxio Ramosning andalusiya­lik klubni sotib olish rejasi muammoga uchradi.

Avvalroq Ramos va investorlar guruhi “Sevilya”ni 444 million yevroga sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq The Athletic ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar hali yakuniy bitimga kela olmagan.

Manbaga ko‘ra, muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolgan. Ramos tomoni yangi shartlar taklif qilgan, ammo hozircha murosa ehtimoli past baholanmoqda.

Shuningdek, 31 maydan boshlab klub egalari boshqa xaridorlar bilan ham muzokara o‘tkazishi mumkinligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!