
"Sevilya" "Barsa" qiziqayotgan yulduzni olib qo‘ymoqchi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini boshqa jamoa tarkibida davom ettirishga yaqin turibdi.
"Mundo Deportivo" nashri xabariga ko‘ra, urugvaylik futbolchi xizmatiga "Sevilya" qiziqish bildirmoqda. Andalusiyaliklar anchadan beri markaziy hujumchi pozitsiyasiga nomzod qidirib kelayotgan edi. Aynan Kavani bosh murabbiy Lopetegi izlagan futbolchi bo‘lishi kutilyapti.
"Sevilya" va Edinsonning agenti o‘rtasida muzokaralar boshlanib ulgurgan. Unga La Liganing boshqa bir grandi "Barselona" ham qiziqayotgani, bu transfer yanvardayoq rasmiylashtirilishi taxmin qilinayotgandi.
34 yoshli Kavani joriy mavsum "qizil iblislar" libosida 8 bahsda ishtirok etib, raqib darvozasiga bitta to‘p kiritgan.
Fikrlar