
"Sevilya" restartni g‘alaba bilan nishonladi
Karantindan keyingi dastlabki La Liga bahsi "Sevilya" va "Betis" jamoalari o‘rtasidagi Andalusiya derbisi bo‘ldi. Unda mezbon "Sevilya" 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
56 daqiqada Lyuk de Yongga ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilangan penaltini Lyukas Okampos aniq ijro etdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, 62 daqiqada mezbonlar burchak to‘pidan hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘yishdi. Gol muallifi Fernando.
Shu tariqa "Sevilya" hisobidagi ochkolar 50 taga etdi va ular ushbu turda o‘z pog‘onasini (3 o‘rin) saqlab qoladigan bo‘ldi.
Fikrlar