"Sevilya"ga Korona kelyapti

  • 13 yanvar, 2022, 19:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Meksika terma jamoasi va “Portu” klubi yarim himoyachisi Xesus Tekasito Korona tez orada "Sevilya" safiga borib qo‘shiladi, deya xabar bermoqda jurnalist-insayder Fabritsio Romano.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, yaqin soatlar ichida futbolchi andalusiyaliklar bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaydi.

Qayd etilishicha, meksikalik futbolchi shu hafta Ispaniya klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak, shundan so‘ng “Sevilya” futbolchining transferini rasman e’lon qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Korona "Sevilya"ga o‘tgan yilning yozida o‘tishi mumkin edi, ammo yakunda transfer amalga oshmay qoldi.

Joriy mavsumda Korona “Portu” safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!