
“Sevinch” o‘z safga uch nafar legioner qo‘shib oldi (Foto)
“Sevinch” o‘z tarkibini davralar oralig‘ida kuchaytirishga katta e’tibor qaratdi. Natijada “Nasaf” klubining bosh homiysi – “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi” MChJ rahbariyatining bevosita qo‘llab-quvvatlashi evaziga o‘z tarkibiga uch nafar legioner futbolchini qo‘shib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bular Dangmei Greys, markaziy yarim himoyachi – Hindistondan, Mumuni Fuseina, hujumchi – Ganadan va Njolle Alvine Ngonja, markaziy himoyachi – Kamerundan.
Mumuni Fuseina bungacha Jizzaxning “So‘g‘diyona-W” jamoasida to‘p tepgan va o‘tgan yilgi mavsumda chempionlikni rasmiylashtirgan.
Futbolchilarning “Nasaf” klubi bosh direktori A. Yusupov va rahbariyat xodimlar bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va o‘zaro shartnomalar imzolash marosimi ham o‘tkazildi. Shartnomalar imzolangach, futbolchilarga raqamlari aks etgan futbolkalar topshirildi.
Legioner futbolchilar haqida qisqacha ma’lumot bilan tanishing.
Ismi sharifi: Mumuni Fuseyna
Tug‘ilgan sanasi: 2 aprel 2001 yil
Fuqaroligi: Gana Respublikasi
Ampluasi: markaziy hujumchi
“Sevinch” tarkibida 7 raqam ostida o‘ynaydi.
O‘ynagan klublari:
2016 – 2018 yillar – “PEARL PIA LADIES” FC (Gana)
2019 – 2020 yillar – “AMMAN CLUB” (Iordaniya)
2020 – 2021 yillar – “SO‘G‘DIYoNA-W” (O‘zbekiston)
Turli yosh toifasidagi Gana ayollar terma jamoasida ham to‘p tepgan. FIFA tomonidan o‘tkazilgan U-17, U-20 yosh toifasidagi jahon musobaqalarida Gana Respublikasi sharafini himoya qilgan.
Mumuni Fuseyna 2021 yilgi mavsumda Jizzaxning “So‘g‘diyona-W” jamoasida to‘p tepgan edi. 21 uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 31 marta ishg‘ol etgan. U shu yili jami 1875 daqiqa maydonda harakat qilgan.
Ismi sharifi: Dangmei Greys
Tug‘ilgan sanasi: 5 fevral 1996 yil
Fuqaroligi: Hindiston Respublikasi
Ampluasi: markaziy yarim himoyachi
“Sevinch” tarkibida 15 raqam ostida o‘ynaydi.
O‘ynagan klublari:
2016-2018 yillar – “KRYPHSA” klubi futbolchisi
2019 yildan hozirgacha – “Gokulam Kerala” klubida to‘p tepgan.
Turli yosh toifasidagi Hindiston ayollar terma jamoasida ham to‘p tepgan. Hozirgi paytda Hindiston ayollar terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Ismi sharifi: Njolle Alvine Ngonja
Tug‘ilgan sanasi: 9 may 1994 yil
Fuqaroligi: Kamerun Respublikasi
Ampluasi: himoyachi
“Sevinch” tarkibida 4 raqam ostida o‘ynaydi.
O‘ynagan klublari:
2013-2014 yillar – “CAIMAN FILLES” klubi futbolchisi
2014-2015 yillar – “PANTHERE GAROUA” klubi futbolchisi
2016-2020 yillar – “DINAMO” Minsk klubi futbolchisi
2020 yildan hozirgacha – “CAIMAN FILLES” klubida to‘p tepgan.
Njolle Alvine Ngonja ham turli yosh toifasidagi Kamerun ayollar terma jamoalarida va milliy ayollar terma jamoasi sharafini ham himoya qilgan.
Fikrlar