
"Shabab Al-Ahli" – "Sharja". Legionerlarimiz qanday harakat qildi? (Video)
BAA chempionati 21-turidan o‘rin olgan "Shabab Al-Ahli" - "Sharja" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda dubayliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Mezbonlar safida Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda harakat qildi va 90 daqiqa to‘liq o‘ynadi. Odiljon Hamrobekov bahs oxirlariga yaqin zaxiradan maydonga tushdi. Yana bir hamyurtimiz Azizjon G‘aniev jarohatini davolamoqda. Mehmonlar tarkibida esa Otabek Shukurov dastlabki daqiqalardan maydonda tushib, uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.
Quyida uchrashuv videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar