"Shabab Al-Ahli" - BAA prezidenti kubogi sohibi!

  • 16 may, 2021, 22:42
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Shabab Al-Ahli" hamda "Al-Nasr" o‘rtasidagi BAA prezidenti kubogi finali o‘z nihoyasiga etdi. Uchrashuv hamyurtlarimiz Jaloliddin Masharipov hamda Odil Hamrobekov to‘p suruvchi "Shabab Al-Ahli"ning 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi va ular ushbu mavsumdagi 2-titulini tantanali ravishda qo‘lga kiritdi. Sovrin bilan ikkala legionerimizni tabriklab qolamiz!

Tecno

O‘yin anchayin qizg‘in kurashlarga boy o‘tdi: 42-daqiqada "Shabab Al-Ahli" Kartabiyaning penaltidan urgan goli evaziga hisobni ochgan bo‘lsa, 82-daqiqada himoyadagi palapartishliklar tufayli kutilmaganda, gol o‘tkazib yuborildi va aynan shu gol so‘nggi daqiqalarning yanada shiddat olishiga sababchi bo‘ldi.

90+3 daqiqada "Al-Nasr" himoyachilari o‘z jarima maydonchasi ichida qoidani buzgani bois, bosh hakam 11 metrlik nuqtaga ishora qildi va penaltini Kartabiya bu safar ham bexato amalga oshirib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. "Shabab Al-Ahli" - BAA prezidenti kubogi sohibi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!