"Shabab Al-Ahli"ga Masharipov etishmadi!
Hamyurtimiz harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" jamoasi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichini durang bilan boshladi. Dubay klubi 1-turda Tojikistonning "Istiqlol" klubi bilan 0:0 hisobida nursiz durang qayd etdi. Masharipov diskvalifikatsiya sababli jamoasiga yordam bera olmadi. Uchrashuvdan keyin "Shabab Al-Ahli" bosh murabbiyi Mahdi Ali quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Biz bu o‘yindan ijobiy natija bilan chiqishni xohlagan edik, biroq raqib himoyada ishonchli harakat qildi. "Istiqlol" futbolchilarimga darvozagacha borishiga yo‘l qo‘ymadi.
Qolaversa, Kartabiya va Masharipovning yo‘qligi ham sezildi. Ular jamoaga katta kuch qo‘shishadi. Bunday o‘yinlarda individual harakatlari bilan jamoani oldinga olib chiqadigan futbolchilar kerak edi. Keyinga o‘yinlar haqida o‘ylashimiz va maqsad sari intilishimiz kerak", - dedi murabbiy.
"Shabab Al-Ahli" chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar