Shahram Gʻiyosovning vaznida chempionlik jangi eʼlon qilinishga yaqin

  • 06.08.2026 15:57
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Teofimo Lopes va yarim oʻrta vaznda WBA chempioni Rolando Romero avgust oyida Las-Vegasda jang oʻtkazishga ogʻzaki rozilik berdi. Bu haqida muzokaralar jarayonidan xabardor ikki manba "BoxingScene" nashriga maʼlum qildi.

Jang Romeroga tegishli chempionlik kamari uchun tashkil etilishi kutilmoqda. 17 gʻalaba (13 tasi nokaut) va 2 magʻlubiyatga ega Rolando bir yildan ortiq vaqt davomida ringga koʻtarilmadi. Unga qarshi jang qilish ehtimoli bor raqiblar – Konor Benn, MEnni Pakyao va Devin Xeyni bilan muzokaralar olib borilgan, biroq bitimga erishishning iloji boʻlmagan.

Maʼlumot uchun, yarim oʻrta vazndagi WBA reytingida hamyurtimiz Shahram Gʻiyosov 8 oʻrinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!