Shakira xiyonatkor Pikening sirlarini ochib, uni sharmanda qilmoqchi

  • 5 iyul, 2022, 10:45
  • 0
  • Futbol

“Barselona” himoyachisi Jerar Pikening xiyonatidan xabar topib, u bilan ajrashgan Shakira futbolchini sharmanda qilishga bel bog‘lagan.

Ayni paytda ular farzandlarning kim bilan qolishi masalasida o‘zaro sudlashmoqda.

Shunga qaramay, Shakira Pikening shaxsiy hayotidagi hech kimga ma’lum bo‘lmagan sirlarini ommaga oshkor qilib, uning obro‘sini to‘kishdan ham qaytmasligini bildirdi. Kolumbiyalik xonanda o‘zining yuristlari yordamida Jerarga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Pike va Shakira 2011 yildan biri birga yashab kelayotgan edi. Ular bu muddat ichida rasmiy nikohdan o‘tmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!