Shakiraga xiyonat qilgan Pike Xavining ham ishonchini yo‘qotdi!

  • 15 iyun, 2022, 08:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning eng tajribali o‘yinchilaridan beri Jerard Pike yaqinda xiyonati ortidan Shakira bilan ajralishga majbur bo‘lgan edi. Himoyachining shaxsiy hayotdagi nomaqbul ishlari uning klubdagi mavqeiga ham salbiy ta’sir qildi.

Tecno

Jamoa bosh murabbiyi Xavi Ernandes Pike bilan uning jamoadagi kelajagi haqida o‘zaro gaplashgan va suhbat davomida Shakira masalasi ham ko‘tarilgan. Xavi futbolchi atrofidagi voqealar uning o‘yiniga salbiy ta’sir qilishidan xavotirga tushgan.

Jerard Pike bosh murabbiyga hali futbol o‘ynash ishtiyoqi yuqori ekanini ta’kidlab, shaxsiy hayotidagi muammolar professional faoliyatiga ta’sir qilmasligini va mavsumga har qachongidan ham puxta tayyor bo‘lishini kafolatlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!