Shakur Stivenson boks tarixidagi eng yaxshisi kim ekanligini aytdi

  • 19 sentabr, 2023, 12:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boks olami yulduzlaridan biri Shakur Stivenson (20-0, 10 KO) boks tarixidagi eng yaxshisi kim degan savolga javob berdi.

Tecno

“Siz kimnidir tarixdagi eng buyuk deb aniqlay olmaysiz, chunki bu juda qiyin masala... Nazarimda, hozir men Floyd Meyvezerni tanlagan bo‘lardim. Chunki men o‘z avlodimda aynan shunday ko‘rganman.

Ammo mendan kattaroq bo‘lganlar Muhammad Ali va Shugar Rey Robinson deyishlari mumkin edi – ular haqida men ko‘p eshitganman”, - dedi amerikalik Million Dollar Worth Of Game nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!