Shara Bullet: "Revanshda asl kuchimni ko‘rsataman"
Rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Sharabutdin Magomedov amerikalik Maykl Peyj bilan revansh uchun aniq rejasini e’lon qildi.
"Rejam - avval, TOP-15 dan tashqaridagi kimnidir engish, keyin TOP-15 dagi jangchini mag‘lub etib, so‘ngra Maykl Peyj bilan revansh o‘tkazish. Amerikalik bilan dastlabki bahsda sog‘ligim bilan bog‘liq muammolar tufayli o‘zim istagandek harakat qilolmadim. Biroq revanshda muxlislarga asl kuchimni ko‘rsataman", - deya Sharaning so‘zlarini keltirdi "MMA Junkie" nashri.
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil fevral oyida o‘tkazilgan "UFC Fight Night 250" turnirida Peyj hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Magomedov ustidan g‘alaba qozongan edi.



Fikrlar