
Sharmandali mag‘lubiyat “Bavariya” futbolchilariga qimmatga tushadi
Bundesliganing amaldagi chempioni “Bavariya” 28-turda liga debyutanti “Xaydenxaym” ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozona turib, ikkinchi bo‘limda uchta to‘p o‘tkazib yubordi.
O‘ta alamli mag‘lubiyatdan keyin Myunxen superklubi rahbariyati yozda jamoada jiddiy o‘zgarishlar qiladigan bo‘ldi.
“Bavariya” sport direktori Maks Eberl bo‘lajak islohotlar bo‘yicha bayonot berdi.
- Jamoada ko‘p narsani o‘zgartirish kerak! “Bavariya” avvalgi murabbiyni iste’foga chiqardi, lekin natija faqatgina murabbiylar ishida emas ekan. Yozda katta o‘zgarishlar bo‘ladi.
Joriy mavsumda jamoamiz Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrini uchun kurashni davom ettiradi va kelasi mavsum ham ushbu nufuzli turnirga yo‘llanma olishga harakat qilyapti. Lekin hozir bizdan va qolganlardan bir bosh ustun bo‘lgan jamoa paydo bo‘ldi. “Bayer” haqqoniy tarzda Germaniya chempioni bo‘ladi, - dedi Maks Eberl.
“Bavariya” Bundesligada peshqadamlik qilayotgan “Bayer”dan 16 ochkoga ortda qolmoqda va leverkuzenliklar bu mavsum chempionlikni qo‘lga kiritishiga hech kim shubha qilmayapti.
Fikrlar