Shatskix: Bugun hech kim almashtirilishini so‘ramadi

  • 19 iyul, 2023, 21:35
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘rtoqlik uchrashuvi doirasida "Paxtakor" Qozog‘istonning "Qayrat" klubiga qarshi maydonga chiqdi. Ushbu bellashuvda "sherlar" 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. 

Bellashuvdan so‘ng "Paxtakor" ustozi Maksim Shatskix o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: 

- Barchasi biz kutgandek bo‘ldi. O‘yin har ikki jamoa hujumlari bilan kechdi. Muxlislarga yoqadigan futbol bo‘ldi. Biz bahs oxirida to‘p kiritib, g‘alaba qozondik. Hozir biz ikkinchi davraga tayyorgarlikni davom ettiryapmiz. Yakshanba kuni Toshkentda Tojikiston chempioni "Istiqlol" bilan maydonga tushamiz.

Tecno

- Tarkibning bir guruhi uch kun oldin nazorat bahsida o‘ynagandi. Bugun ikkinchi guruhning navbati keldi.

- Tez orada turk klublari bilan memorandum imzolaymiz, turli sohalarda tajriba almashamiz. Futbolchilar o‘tishlari amalga oshishi mumkin. Klub va rahbariyat turk jamoalari bilan iliq munosabatda.

- Uchrashuvda ba’zi kamchiliklarni ham ko‘rib oldik. O‘yinchilar so‘nggi 10 kunda yuqori yuklamalar olishdi. Bugun hech kim almashtirilishini so‘ramadi. Demak, ularning jismoniy holati bunga dosh berdi. Hozirlikni rejadagidek davom ettiramiz.

- "Qayrat" bilan har yili o‘ynashni an’anaga aylantirishdan xursand bo‘lardik. Ishqibozlar uchun bellashuv katta bayram bo‘ldi. Buni saqlab qolish yaxshi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
19/07/2023 22:51
Аббосбек кани