Shatskixning topilmasi faoliyatini Malayziya chempionatida davom ettiradi
Malayziyaning "Terengganu" jamoasi Metyu Stinvorden bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
O‘tgan mavsumning ikkinsi yarmini "Paxtakor" safida o‘tgazgan niderlandiyalik himoyachi Metyu Stinvorden faoliyatini Malayziya chempionatida davom ettiradi. 31 yoshli futbolchi legionerimiz Nurillo To‘xtasino harakat qilayotgan "Terengganu" a’zosiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Metyu "sherlar" safida 9 ta bellashuvda maydonga tushgan va samarali harakat amalga oshirmagan.
Fikrlar