
Shavkat Salomov "Navbahor"dan uchralgan mag‘lubiyat sababini qanday izohladi?
Bugun Superliganing 5-turi doirasida “Navbahor” Farg‘onada “Surxon”ni qabul qildi va 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yindan so‘ng termizliklar sardori Shavkat Salomov o‘zining uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Avvalambor butun Namangan xalqini va “Navbahor” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. Ular munosib ravishda g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Endi o‘z maydonimizda bo‘ladigan o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘ramiz.
- “Surxon” jamoasi bugun birinchi bo‘limda raqibga ancha jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Biroq, ikkinchi bo‘limda, ayniqsa o‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng ancha bo‘shashib ketishdi va o‘yin tizginini qo‘ldan boy berishdi. Bu nima bilan bog‘liq?
- Bilasizmi, jamoa ketma-ket 5 ta o‘yindan buyon faqat bitta tarkib bilan o‘ynamoqda. Chunki, “Surxon” Superligaga kutilmaganda chiqdi va shu bois tarkibdagi barcha futbolchilarning ham saviyasi bir hil emas. Shu bois futbolchilarda charchoq alomatlari bor. Qolaversa, tarkibimizda yoshlar ko‘p. Biz jismoniy tomonlama ham to‘liq tayyor emasmiz.
SPORTS.uz muhbiri Baxtiyorjon Toshtemirov suhbatlashdi.
Fikrlar