Shaxmat: erkaklar terma jamoamiz Butunjahon olimpiadasida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi, ayollarimiz esa...

  • 30 iyul, 2022, 22:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining ikkinchi kuni o‘z yakuniga etdi.

Tecno

Ikkinchi turda ham O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi yana bir g‘alabaga erishdi! O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Farer orollari terma jamoasi ustidan 4:0 hisobida to‘liq g‘alaba qozonib, o‘z hisobiga yana ikki ochko qo‘shib qo‘yishdi. Afsuski ayollar terma jamoamiz AQSh ayollar terma jamoasiga yutqazib qo‘ydi.

Ayni vaqtda erkaklar terma jamoamiz jamoasi 4 ochko, ayollar terma jamoamiz esa 2 ochko jamg‘arishgan.

Birinchi turda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Nepal, ayollar terma jamoamiz esa Gana terma jamoasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan edi.

44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibini yana bir bor eslatib o‘tamiz:

Erkaklar:

GM Nodirbek Abdusattorov (2004-yili tug‘ilgan),

GM Nodirbek Yoqubboev (2002),

GM Javohir Sindorov (2005),

GM Jahongir Vohidov (1995),

GM Shamsiddin Vohidov (2002)

Ayollar:

WGM Nilufar Yoqubboeva (2000),

WFM Umida Omonova (2006),

WCM Afro‘za Hamdamova (2009),

WFM Maftuna Bobomurodova (2006),

Marjona Malikova (2002).

Ma’lumot uchun, 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi 2024 yil Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o‘tkaziladi. 2026 yil o‘tkaziladigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun O‘zbekiston ham da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!