
Shaxmat. Toshkentda jahon chempionati boshlandi (FOTO)
Bugun poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha ikkita nufuzli musobaqa boshlandi. Sovrin jamg‘armasi 20.000 AQSh dollaridan iborat bo‘lgan shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha 20 yoshgacha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Jahon chempionati hamda shuningdek 9 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
9,11,13,15 va 17 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi dunyo birinchiligi hamda 20 yoshgacha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Jahon chempionatida ishtirokchilar 2,3,4 avgust kunlari rapid yo‘nalishida shuningdek 6-7 avgust kunlari esa blitts yo‘nalishida g‘oliblik uchun dona surishadi.
Tajribali mutaxassis, FIDE mintaqaviy Prezidenti, xalqaro toifadagi hakam Husan Hudoyqulov 20 yoshgacha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bosh hakami hsifatida faoliyat yuritsa, maktab o‘quvchilari o‘rtasida jahon chemponati bosh hakam sifatida xalqaro toifadagi xakam Tomas Delega boshqarib boradi.
Qayd etish lozimki, jahon chempionatida Ozarbayjon, Belarus, Xitoy, Ispaniya, Vengriya, Hindiston, Eron, Kozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston,Nigeriya,Rossiya,Sloveniya,Tojikiston,Turkmaniston, BAA va AQSh davlatlaridan jami 300 nafarga yaqin salohiyat egalari g‘olibik uchun o‘zaro bahs olib bormoqda.
Jahon chempionatida xalqaro grossmeysterlar,xalqaro ustalar,sport ustalari,sport ustaligiga nomzod shaxmatchilar ishtirok etmoqda. Mazkur nufuli musobaqada yurtimiz sharafini xalqaro turnrilarda o‘z so‘zlarini aytib kelayotgan yoshlarimizdan Muxiddin Madaminov, Muxammadzoxid Suyarov, Xumoyun Bekmuratov, Almaz Raxmatullaev, Asrorjon Omonovlar, qizlar orasida esa Afruza Xamdamova, Guldonoa Karimova, Umida Omonova, Maftuna Bobomurodova, Ozoda Shaxzodova, Gulxumor Najmiddinova, Moxizoda Muxsinovalar kabi ko‘plab iqtidorli vakillari himoya qilmoqda.
.jpg)
.jpg)



.jpg)

.jpg)

.jpg)

.jpg)

.jpg)



.jpg)

.jpg)
.jpg)

.jpg)


.jpg)



Fikrlar