
Shaxmat. “XVII – Jahon chempioni Rustam Qosimjonov” xalqaro turniri yakunlandi
Xabar berganimizdek, 8 iyul kuni poytaxtimizda “XVII – Jahon chempioni Rustam Qosimjonov” xalqaro turniri start olgan edi. Xalqaro shaxmat akademiyasi mezbonlik qilgan musobaqa o‘z yakuniga etdi.
Aylana tizimda 9 turdan iborat bo‘lib, sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollarini tashkil qiluvchi xalqaro rapid turnirining yakuniy natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
1-o‘rin GM Nodirbek Abdusattorov
2-o‘rin GM Javohir Sindarov
3-o‘rin GM Parham Maxsudlu
4-o‘rin GM Rustam Qosimjonov
5-o‘rin GM Mamediyarov Shaxriyar
6-o‘rin GM Aleksandr Grischuk
7-o‘rin GM Richard Rapport
8-o‘rin GM Nodirbek Yoqubboev
9-o‘rin GM Shamsiddin Vohidov
10-o‘rin GM Jahongir Vahidov
Musobaqa g‘olibi bo‘lgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov 12 ming AQSh dollari bilan mukofotlandi. Ikkinchi o‘rin sohibi Javohir Sindorov esa 8 ming AQSh dollari qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikni yakunlab bergan eronlik Parham Maxsudlu 6 ming AQSh dollariga ega bo‘ldi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)


Fikrlar