
Shayxlar Benzemaning yo‘lini to‘syapti
“Al-Ittihod”ning asosiy yulduzi Karim Benzema Saudiya Arabistoni muhitiga ko‘nika olmadi va tezroq jamoani tark etishni istayapti.
Benzemaga yashash sharoitidan tashqari, bu mamlakat ligasining saviyasi kutilgan darajada yuqori emasligi, ayrim masalalarda professionallik etishmayotgani yoqmayapti.
Relevo nashrining yozishicha, jarohatidan tiklanish bahonasida Frantsiyaga qaytgan tajribali hujumchi maqsadlarini o‘z do‘stlari bilan muhokama qilgan.
Benzema yaqinda Madrid shahridan hashamatli uy xarid qildi va Saudiya Arabistoniga qaytib borish niyati yo‘qligini bildirgan.
Saudiya Arabistoni Professional ligasi rahbariyati va “Al-Ittihod” klubi xo‘jayinlari mamlakat imidjiga putur etmasligi uchun mashhur yulduzning ketishi yo‘l qo‘ymoqchi emas.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, liga rahbariyati 36 yoshli hujumchiga mamlakatning kuchliroq klubiga o‘tishni taklif qilayotgan ekan.
Fikrlar