
Sherzod G‘ulomjonov ham "Navbahor"ga qaytmoqda
23 yoshli yarim himoyachi Sherzod G‘ulomjonov "Navbahor" bilan 2026 yilning yakuniga qadar shartnoma imzoladi.
Futbolchi 2001 yil, 23 aprelda Namangan shahrida tug‘ilgan. Yarim himoyachi Namangan futboli tarbiyalanuvchisi.
U faoliyati davomida “Navbahor” (Namangan, 2020 yil), “Andijon” (Andijon, 2021 yil), “Xorazm” (Urganch, 2022 yilning 1-davrasi, 2024 yil), “Sho‘rtan” (G‘uzor, 2022 yilning 2-davrasi), “Navbahor-farm” (Namangan, 2023 yil) jamoalarida o‘ynagan.
Fikrlar