Shevchenko Ukraina terma jamoasining Evro-2020 dagi imkoniyatlari haqida gapirdi
Xabaringiz bor kecha Evro-2020 musobaqasining final bosqichiga qur’a tashlandi. Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko bu borada o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina terma jamoasi “C” guruhida Gollandiya va Avstriya terma jamoalari bilan bahs olib borishadi.
“Evropa chempionatiga eng zo‘r terma jamoalar chiqishadi. Shu bois bu erda kuchsiz jamoalar bo‘lmaydi. Biz kuchli guruhdan joy oldik va bizni ilk turda Gollandiyaga qarshi bahs kutib turibdi.
Avstriya bilan ham oson bo‘lmaydi. Biroq, Ukrainaning guruhdan chiqishi uchun imkoniyati yomon emas deb o‘ylayman”, - deydi ukrainalik mutaxassis UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Fikrlar