Shevchenkoning Ukraina terma jamoasidan ketish sabablari ma’lum bo‘ldi

  • 2 avgust, 2021, 08:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

Tecno

"Observer" tarqatgan xabarga qaraganda, Shevchenkoning terma jamoa bilan shartnomasi yakunlangan va unga taklif etilgan yangi shartnoma shartlariga ma’qul kelmagan.

Manbaga ko‘ra, Shevchenko murabbiylar shtabining umumiy byudjetini yiliga uch million dollarga etkazishni talab qilgan, biroq Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbariyati unga so‘ragan mablag‘ining yarmini taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shevchenko boshchiligidagi Ukraina terma jamoasi “Evro-2020” final bosqichida ishtirok etdi va chorak finalga qadar etib bordi.

44 yoshli mutaxassis Ukraina terma jamoasini 2016 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!