Shodiyorjon Meliqo‘ziev Ozarbayjon vakiliga imkoniyatni boy berib qo‘ydi
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning chorak finalida 11 nafar vakilimizning janglari o‘rin olgan.
-48 kg vaznda bo‘lib o‘tgan chorak finalda, Shodiyorjon Meliqo‘ziev ozarbayjonlik Subxan Mamedovga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir hamyurtimiz Asilbek Jalilov va serbiyalik Artur Nagapetyan to‘qnashuvi kutmoqda.



Fikrlar