
Shohasan Mirzamatov yangi promoushen bilan shartnoma imzoladi. Uning bu ligada isbotlaydigan ishlari bor! (Video)
Yurtimizning mashhur MMA jangchilaridan biri Shohasan Mirzamatov(9-2) Qozog‘istonning eng kuchli promousheni NFC (Nayza Fighting Championship) bilan yangi shartnoma imzoladi.
Mirzamatov shu kunga qadar Qozog‘istonning yana bir "Oktagon" promoushenida ham anchagina muvaffaqiyatli harakat qilgan. So‘ngi janglarini esa MPL (Mutadiv_Professional_Liga) doirasida o‘tkazayotgandi.
Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, faoliyatining boshlarida aynan Nayza FC da ham Serik Tleekev bilan bahs yuritgan va undan omad yuz o‘girgan edi. Shunday ekan yurtdoshimizning ushbu promoushenda isbotlaydigan ishlari bor. Zero, yaqin orada 77,1 kg vaznda qozoq promoushenida yangi chempion paydo bo‘lishi mumkin. Bu borada esa unga omad tilaymiz!
Fikrlar