
Shohasan Mirzamatovning navbatdagi raqibi va jang sanasi ma’lum!
21 oktyabr kuni Qozog‘istonning Almati shahrida “Oktagon 51” turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu jang kechasida hamyurtimiz Shohasan Mirzamatov ham navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Unga bu safar braziliyalik anchagina tajribali Nilson gomes raqiblik qiladigan bo‘ldi.
Xabaringiz bor, Shohasan Mirzamatov yaqindagina “MPL-8” turnirida Xamzat Chapanov bilan jang qilgan va ta’qiqlangan zarba yo‘llagan deb topilib, g‘alaba Chapanovga berilgandi.
Ma’lumot uchun, Nilson Gomesning rekordi 22-5 ko‘rinish olgan bo‘lsa, Mirzamatovning ko‘rsatkichi 10-3 ga teng.
Fikrlar