
Shohjahon Ergashev jahon chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi (foto)
Professional boksning super engil vazn toifasi IBF yo‘nalishida 3-pog‘onada borayotgan hamyurtimiz Shohjahon Ergashev navbatdagi jangini jahon chempionlik kamarini uchun o‘tkazishi mumkin.
Ushbu vazn toifasida amaldagi IBF kamari egasi Puerto Riko vakili Sabriel Matias hisoblanadi.
ESPN KNOCK OUT kanalida Matiasning oldingi janglaridan biri takroran namoyish etilish chog‘ida, uning navbatdagi jangi aniq ekani va u o‘z kamarini Shohjahon Ergashevdan himoya qilishi haqida ma’lumot aytilgan.
Ushbu xabar hozircha rasman e’lon qilinmadi. Oldinroq, Matiasning o‘zi sobiq jahon chempioniga qarshi jang o‘tkazishini e’lon qilgan edi.
Voqealar rivojini bizda kuzating!
Fikrlar