
Shohruz Norxonov: Jamoada murabbiy qo‘yayotgan vazifalar meni to‘la qoniqtirmoqda
So‘nggi yillar davomida “Obod” klubi safida o‘zining yorqin o‘yinlari bilan muxlislar mehrini qozongan hujumchi Shohruz Norxonov faoliyatini Toshkentning “Bunyodkor” jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Shu munosabat bilan SPORTS.uz internet axborot portali futbolchining “qaldirg‘ochlar” safiga ko‘chib o‘tishi va yangi jamoasi to‘g‘risidagi fikrlari bilan qiziqdi.
– “Obod” klubida ketish va “Bunyodkor” bilan shartnoma tuzish jarayonlari qanday kechdi?
– “Obod” jamoasi safida shu yilgacha o‘ynab kelgan bo‘lsam, o‘zim uchun ancha yutuqlarga erisha oldim. Jamoa rahbariyati ham mening keyingi faoliyatimni to‘g‘ri tushungan holda, klub bilan shartnomam yakunlamaganiga qaramasdan, “qaldirg‘ochlar” safiga o‘tishimga ruxsat berishdi.
– “Bunyodkor” klubi safida mashg‘ulotlarda ishtirok etdingiz. Jamoada yanada yorqinroq o‘yin ko‘rsatishingizga sharoitlar etarlimi?
– Jamoada futbolchilar bilan tez chiqishdik. Jamoada murabbiy qo‘yayotgan vazifalar meni to‘la qoniqtirmoqda.
– “Bunyodkor”dan tashqari boshqa jamoalardan ham takliflar bo‘lganmidi?
– Albatta, yil boshida “Lokomotiv”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” jamoalaridan takliflar bo‘lgandi. Biroq, klub bilan o‘rtada shartnoma bo‘lgani sababli, ularni rad qilishimga to‘g‘ri kelgandi. Ikkinchi davrada ham bir qator jamoalardan chaqiruvlar bo‘ldi, lekin men “Bunyodkor” jamoasini tanladim.
Fikrlar