Shok: Husanovni haydash kerak!
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya ligasi kubogining chorak final uchrashuvida “Brentford”ga qarshi yangilangan tarkibni maydonga tushirdi.
Shu tariqa, bir necha o‘yinchilar qatori zaxirada qolib ketayotgan Abduqodir Husanov ham boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib, to‘diq o‘ynadi. 16-daqiqada 21 yoshli legionerimiz jamoadoshi Natan Akening xatosidan keyin yuzaga kelgan xavfli vaziyatni bartaraf etish chog‘ida Kevin Shadega qo‘pollik ishlatdi va o‘yin qoidasini buzib, uning darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqishiga to‘sqinlik qildi.
Hakam bu holatda ogohlantirish bilan cheklandi. Bu raqib o‘yinchilarning e’tiroziga sabab bo‘ldi. Vaziyat ommaviy axborot vositalari ekspertlari tomonidan alohida muhokama qilinmoqda.
Zero, uchrashuvdan keyin “Brentford” bosh murabbiyi Kit Endryus bu masalaga ham to‘xtalib o‘tdi.
- “Manchester Siti”ning markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya ligasi kubogi chorak finalida “Brentford”ga qarshi o‘yinning boshida qizil kartochka olmasdan qolgani u uchun juda omadli bo‘ldi.
16-daqiqada o‘zbek futbolchisi katta tezlikda jarima maydonchasiga kirib, darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib ketayotgan hujumchi Kevin Shadeni yiqitib yubordi, ammo hakam faqat sariq kartochka ko‘rsatish bilan cheklandi.
“Brentford” futbolchilari hakam Sem Barrottni o‘rab olib, o‘zbek futbolchisini maydondan chetlatishni so‘rashdi, biroq hakamlar qarori qat’iy qoldi va uni o‘zgartirishmadi.
“Bu juda muhim vaziyat edi. Men odatda hakamlarni himoya qilishga tayyorman. Bosh murabbiy sifatida ishlagan faoliyatim davomida meni hech narsaga o‘rgatishmagan, ammo menimcha, bu safar ular xatoga yo‘l qo‘yishdi. To‘p darvozadan juda uzoq edi, degan tushuntirish meni qoniqtirmaydi, - dedi bosh murabbiy Kit Endryus.
“Manchester Siti”ning sobiq himoyachisi Endi Xinchkliff Sky Sports telekanalidagi chiqishida bu vaziyatga quyidagicha izoh berdi:
“ U darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib ketgan edi, zarba berish imkoniyati bor edi va bu aniq golli vaziyat edi. Men “Brentford” nima uchun norozi ekanini tushunaman. U darvozabon bilan yakkama-yakka qolgan edi va uni qoidabuzarlik bilan to‘xtatishdi. Uni hech bir himoyachi boshqa yo‘l bilan to‘xtata olmasdi”.
O‘yin qoidalariga ko‘ra, Xusanov IFAB qoidalar to‘plamining 12-bandida ko‘rsatilganidek, “raqib jamoani gol urish yoki aniq golli imkoniyatdan mahrum qilgani” uchun qizil kartochkaga loyiq qoidabuzarlik sodir etgan.
Odatda, bunday ochiq-oydin hakamlik xatosi VAR tizimi orqali ko‘rib chiqiladi.
Biroq Angliya ligasi kubogida VAR tizimi faqat yarim final bosqichidan, ya’ni keyingi raunddan boshlab qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya faqat Premer-liga jamoalari stadionlarida mavjud.
Birinchi ligada (League One) ishtirok etayotgan “Kardiff Siti” ham Angliya ligasi kubogida chorak finalgacha etib kelgani uchun VAR qo‘llanilmasligi barcha jamoalar uchun teng sharoitni ta’minlash maqsadida saqlab qolingan. Biroq “Kardiff” bir kun avval “Chelsi”ga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.
Shu tariqa, VAR yo‘qligi “Siti”ga qo‘l keldi va o‘yinning hal qiluvchi pallasida jamoa bir kishi kam bo‘lib qolishining oldini oldi. Keyin esa, “Manchester Siti” g‘alaba to‘plarini kiritdi, - deb yozdi independent.co.uk eksperti Uill Kasl.
Ta’kidlash joizki, uchrashuvning qolgan vaqti davomida Abduqodir Husanov maydonda eng faol va zo‘r o‘ynagan futbolchilardan biri bo‘ldi.
Husanovning eng kuchli to‘rt jihati aytildi
Ekspertlar qo‘pol o‘ynagan Husanovning harakatlarini qanday baholadi?
Nihoyat, Husanovni maydonda ko‘ramiz!
Turkiyani larzaga solayotgan Shomurodov haqida yangi qiziq faktlar
Shomurodov gol urgan grand klub “Barsa”dan mashhur darvozabonni oladigan bo‘ldi
Shomurodov supergol bilan “taxt”ga qaytdi!
O‘zbekiston ulkan hurmatga loyiq! Portugaliya ustozi Martines yana nimalar dedi?
Bu xatodan keyin Gvardiola Husanovni asosiy tarkibga qaytarishi shart
Fikrlar