
Shomurodov asosiy tarkib uchun “Bavariya” hujumchisi bilan raqobatlashadigan bo‘ldi
“Bavariya”da hujumchisi Joshua Zirkzee tez orada “Jenoa” futbolchisiga aylanadi.
Italiyalik jurnalist Fabritsio Romano tarqatayotgan xabarlarga qaraganda, tomonlar bu transfer bo‘yicha barcha shartlarni o‘zaro kelishib olgan.
Xususan, Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan jamoa rahbariyati 19 yoshli niderlandiyalik futbolchini keyinchalik 15 million evroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqda. Shuningdek, “Bavariya” Zirkzeening keyingi transferidan 7,5 foiz miqdorida bonus olishi ham belgilandi.
O‘tgan mavsumda 9 ta uchrashuvda to‘rtta gol urib, mutaxassislar e’tiborini qozongan yosh futbolchi bu yil raqobatda tajribali hujumchilarga yutqazib qo‘ymoqda. U joriy mavsumda uchta uchrashuvda maydonga tushib, jami 91 daqiqa o‘ynadi.
Fikrlar