
Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushgan bahsda "Roma" ingliz klubini engdi
Hozirgina “Roma” hamda “Sanderlend” jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi.
O‘yin 2:0 hisobida rimliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Feliks Afena-Gyan hamda Nikolo Dzanolo mualliflik qildi.
Ahamiyatlisi, “Roma” safidagi hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi bo‘lim boshida zaxiraga olindi.
Fikrlar