Shomurodov asosiy tarkibda tushmasin! "Roma"ning sobiq hujumchisi nega bunday dedi?

  • 13 mart, 18:45
  • Jahongir Inomjonov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma"ning sobiq hujumchisi Roberto Prutstso Evropa Ligasi 1/8 finalida o‘z sobiq jamoasining "Atletik" klubiga qarshi bugungi javob o‘yinida markaziy hujumchi o‘rnida o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov emas, balki ukrainalik Artyom Dovbik asosiy tarkibda bo‘lishi kerak, deb hisoblayapti. 

Tecno

- Dovbik yoki Shomurodov? "Atletik"ka qarshi bahsda ukrainalik hujumchi o‘ynashi kerak. Agar o‘zbek futbolchisi bu safar ham Dovbikdan asosiy tarkibdagi o‘rnini tortib olsa, muammo yuzaga kelishi mumkin. Shomurodovning ham mehnatini qadrlayman. Bugun Dovbik hali ham Ispaniyadagi tajribasidan foydalanib, o‘zini ruhan namoyon eta olishi mumkin, - deya Prutstsoning so‘zlarini keltirdi "LaRoma24".

Eslatib o‘tamiz, Rimda bo‘lib o‘tgan "Roma" va "Atletik" o‘rtasidagi ilk uchrashuv 2:1 hisobida Italiya jamoasining g‘alabasi bilan yakunlangan edi. O‘yinda rimliklar tarkibida Shomurodov emas, aynan Dovbik asosiy tarkibda maydonga tushgan edi. Biroq, g‘alaba golini aynan Eldor Shomurodov kiritgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, Shomurodov so‘nggi besh o‘yinning to‘rttasida "bo‘rilar"ning asosiy tarkibida maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Азизжон
13/03/2025 21:36
Тугри айтган Элдор 2та1мда Зур уйнади
Rasulxo'ja G'affarov
13/03/2025 22:38
Eldor yahshi hujumchi lekin ikkinchi taymda tushvani maʼqul