Shomurodov: Evropadan ortga qaytsam bo‘lardi, lekin...

  • 16 fevral, 2022, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mashhur uefa.com sayti O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov haqida intervyu shaklida katta maqola e’lon qildi. O‘zbekiston muxlislar e’tiboriga ushbu materialning ikkinchi qismini havola etamiz.

Tecno

Birinchi qism: 

Shomurodovning asosiy kuchi nimada?

Ikkinchi qism:

Shomurodov: Gol urmasang, Evropaga yo‘l qayda?..

- Italiya futbol Rossiya va O‘zbekistonnikidan nimasi bilan farq qiladi?

- Birinchi navbatda, tezlikda farq bor. Bu erda futbol ancha tezkor. Qolaversa, bu erda jismoniy kuchga ko‘p tayaniladi. O‘yinchilarning mahorati ham yuqoriroq ekanini aytish kerak.

shomurodov

- Yangi darajada chiqish uchun nimalar qilishga to‘g‘ri keldi?

- Birinchi navbatda, tezlikni oshirish kerak edi. Nafaqat harakatlarda, balki o‘ylash, fikrlashda ham. Italiyaga kelganimda xotirjam o‘ynayman, deb o‘ylagandim. Lekin mashg‘ulotlardayoq ulgurmayotganimni his qildim. Himoyachilar har doim meni yopib qo‘yishardi va oyog‘imga tepki erdim va shundan keyin qaysi jihatlar ustidan ishlash terakligini tushundim.

- Qaysi sifatlar orqali muvaffaqiyatga erishdingiz?

- Qiyin savol. Birinchi navbatda, sab-toqat tufayli, deb o‘ylayman. Boshida qiyinchiliklarga duch kelganimda o‘zimga bu sening saviyang emas ekan, deb ortga qaytib ketsam bo‘lardi. Lekin chidadim. Hammasi iziga tushishiga ishonardim. Ana shu sabrimga yarasha hozir hammasi joyida.

- “Roma” singari top klub siz bilan shartnoma tuo‘ishni istayotganini bilganingizdan keyin nimalarni his qildingiz?

- Mentalitetni o‘zgartirish kerakligini tushunaman. Har bir o‘yinga g‘alaba ilinjida tushish kerak. Bu erda yuqori maqsadlar qo‘yilishini bilardim. Raqobat ham ancha kuchli. Har bir uchrashuvda tarkibga loyiq ekaningni isbotlashing talab etiladi.

- Yoqtirgan o‘yinchingiz Dide Drogba ekanini aytdingiz. Drogbaning sevimli murabbiyi Joze Mourinodir. Hozir u “Roma”da sizga ustozlik qilyapti. Bu mutaxassis bilan ishlash qanaqa ekan?

- Birinchi kundanoq u yuqori maqsadlarni qo‘yishi va unga erishishga harakat qilishi oydinlashdi. Tartib-intizom va o‘yin borasida juda talabchan. Har bir uchrashuvda zafar quchishni istaydi va futbolchilardan ham shunga intilishni talab qiladi.

italian-serie-football-match-as-roma-vs-uc-sampdoria-rome-italy-december-th-eldor-shomurodov-score-goal-celebrates-237409349

- Mourino Drogbani o‘z davrining eng zo‘r hujumchisiga aylantirgan. Sizga qanday yordam berdi?

- Hozir bir taktika ustida ko‘proq ishlayapmiz. U hamma narsani qanday to‘g‘ri bajarishni ko‘rsatyapti va har bir o‘yinda borimizni berishni talab qilyapti. Albatta, ko‘proq gol urishni ham talab qilyapti.

- “Roma” uchun gol uryapsiz, birinchi to‘pni Konferentsiyalar ligasi pley-off bochqichida kiritdingiz. Nimalarni his qildingiz?

- Bu mening “Roma” safidagi birinchi rasmiy uchrashuvim edim. Menimcha, meni zaxiraga olishga tayyorgarlik ko‘rishayotgan edi. Gol urib, jamoamni Konferentsiyalar ligasining keyingi bosqichga chiqishiga hissa qo‘shganimdan mamnun bo‘ldim.  Juda zo‘r hissiyotlar edi.

- Bu golni buvingizga bag‘ishlagandingiz...

- Ha, o‘sha kunlari tavallud ayyomlari edi. Shu shaklda tabriklashni istagandim. Buvim meni joim qo‘llab-quvvatlaydi, hamma uchrashuvlarni kuzatib boradi. Butun oilamiz futbol tomosha qiladi.

- Joriy mavsumda o‘z oldingizga qanday shaxsiy va jamoaviy maqsadlarni qo‘ygansiz?

- Birinchi navbatda, Chempionlar ligasiga tushish kerak. Shuningdek, Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqish maqsadimiz bor. Bular eng asosiysi. Shaxsiy maqsadlarim esa, doimo jamoa bilan bog‘langan. Jamoaga g‘alaba qozonish va sovrinlar yutishda yordamlashishni xohlayman. Chunki jamoang g‘olib chiqsa, senam yutgan hisoblanasan.

roma

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!