Shomurodov jamoasi “Real” tarbiyalagan futbolchini oldi

  • 3 sentabr, 2024, 21:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” himoyani chizig‘ini yanglash va kuchaytirish siyosatini olib bormoqda. Ana shu maqsadda rahbariyat ispan himoyachisi Mario Ermosoni olib keldi.

Tecno

Transfer bo‘yicha Rim klubi rasmiy axborot chiqardi.

Ermoso “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq “Qirollik klubi”ning asosiy tarkibidan joy tegmagani uchun faoliyatini boshqa klublarda davom ettirgan.

29 yoshli futbolchi Ispaniyada “Real Valyadolid”, “Espanol” va “Atletiko” sharafini himoya qilgan. Diego Simeone qo‘l ostida besh yil o‘ynagan Ermoso “Roma”ga erkin agent maqomida qo‘shildi va uch yillik shartnoma imzoladi.

Poytaxt klubi tajribali o‘yinchining yillik maoshini 3,5 million evro qilib belgiladi va turli bonuslar ham ajratiladi.

“Roma” yozgi transferlar vaqtida jami 11 nafar yangi o‘yinchini o‘z tarkibiga qo‘shib oldi. Mario Ermoso Rimga olib kelingan oxirgi futbolchi bo‘ldi.

Bundan tashqari, 22 raqamni tanlagan Ermoso “Roma”da o‘ynagan 18-ispaniyalik charm to‘p ustasi sifatida tarixga kirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!