Shomurodov o‘zi bilan zo‘r to‘purar olib keladi!

  • 28 mart, 2023, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” rahbariyati kelasi mavsum oldidan jamoani kuchaytiradigan hujumchi qidirmoqda. Chunki Temmi Abraxam Angliyaga qaytib ketishi, Paulo Dibala grand klublarga o‘tishi kutilmoqda. Andrea Belotti va Stefan El-Shaaravining shartnomasi yakunlanmoqda.

Joze Mourino bu futbolchilar o‘rniga hujumchi pozitsiyaga Mauro Ikardi, Karim Benzema, Romelu Lukaku kabi bir necha nomdor futbolchilarni ko‘zlagan. Biroq, “katta futbolchilar”ni olib kelish mashaqqati ham og‘ir bo‘ladi.

Shu bois klub mutasaddilari osonroq variantlar bo‘yicha ham ish olib bormoqda. Rimliklar “Spetsiya”da porlayotgan Mbala Nzolani olib kelmoqchi. Angolalik futbolchi Liguriya jamoasida Eldor Shomurodov bilan birga o‘ynamoqda.

“Spetsiya”  bosh murabbiyi Leonardo Semplichi keyingi paytda hujum chizig‘ida Eldor Shomurodov va Mbala Nzola juftligini tashkil qilishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu ikki forvard o‘z xususiyatlaridan kelib chiqib, kuchli tandem hosil qilishi mumkinligi aytilmoqda.

6a0212a4-2a55-4ccd-acb7-8d7b52eb1af7.44542

Nzola “Spetsiya” safiga 2020 yilda Italiya quyi ligalaridan birida o‘ynayotgan “Trapani” klubidan kelib qo‘shilgan. Bu mavsumda 26 yoshli hujumchi A Seriyada 12 ta gol urib, bir necha jamoalar e’tiboriga tushdi.

Mbalaning “Spetsiya” bilan shartnomasi kelasi yil oxirida tugaydi. Liguriyaliklar hujumchi bilan kelishuvni yangilamoqchi. Biroq, klub rahbariyati Nzola bo‘yicha yaxshi taklif bo‘lsa, uni qo‘yib yuborishga ham qarshi emas.

Corriere dello Sport nashrining yozishicha, “Roma” mutasaddilari Nzola bilan birga o‘ng qanot himoyachisini ham transfer qilishni rejalashtirmoqda. Ular bu pozitsiyaga “Torino”dan Stefan Singo mo‘ljallayapti.

22 yoshli ivuarlik futbolchi 2019 yildan beri Turin klubi sharafini himoya qilmoqda. Jismonan baquvvat himoyachi o‘ng qanotda o‘z vazifasini bajarishdan tashqari hujumga ham qo‘shilib turadi. Bu mavsum Singo A Seriyada 21 ta uchrashuvda ikkita gol va bitta assist qayd etgani shundan dalolat.

Eng ahamiyatli tomoni bu ikki o‘yinchining transfer summasi katta emas. Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world portali Mbala Nzolani 6,5 million evroga, Stefan Singoni 14 million evroga baholagan. Bu ijrochilarning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin tugashini inobatga olib, “Roma” ularni yanada arzon narxda transfer qilishi tabiiy.

Shu o‘rinda, har ikki futbolchiga nafaqat Italiya, balki boshqa davlat ligalaridan ham chorlovlar bo‘lyapti. Demak, Rim klubi vakillari o‘z maqsadiga etishi uchun raqobatga kirishishi lozim.

MBala-Nzola-Spezia-Inter-penalty

“Roma” va “Spetsiya” o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, liguriyaliklar yozda Eldor Shomurodovni qaytarib berishi lozim. Agar bu ikki klub Mbala Nzola transferi bo‘yicha ham kelisha olsa, legionerimiz yangi klubidagi jamoadoshi olib, Rimga birga qaytishi mumkin.

Shomurodov kelasi mavsum Benzema bilan yonma-yon o‘ynashi mumkin!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!