Shomurodov raqamini o‘zgartirdi!

  • 18 iyul, 2021, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Sports.uz portali e’tiboringizga “Jenoa” klubiga oid yangilik, xabar va ma’lumotlarni taqdim qilishni davom ettiradi.

Shomurodov yangi raqamda!

“Jenoa” yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida birinchi sinov-nazorat uchrashuvini Avstriyaning “Shtubay” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.

Uchrashuvda hisobni genuyaliklarning asosiy hujumchisiga aylanib borayotgan Eldor Shomurodov kiritgani haqida xabar bergan edik. 5:0 hisobida Davide Ballardini shogirdlari g‘alabasi bilan yakunlangan bahsda legionerimiz yarim soat o‘ynadi xolos.

217528486_4757274070950142_2046626747501047495_n

Ushbu uchrashuvning video translyatsiyasi va fotolavhalarida e’tiborga molik vaziyat kuzatildi. Eldor Shomurodov shu kuni 11-raqamda to‘p surdi. Hamyurtimiz o‘tgan yili Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tganida 61-raqamni tanlagan edi. O‘shanda Eldor Rostov viloyatining mintaqaviy raqamini rostovlik muxlislar hurmati uchun olganini aytgandi.

Hozircha, rasmiy qaydnomalarda Shomurodovning yangi raqam olgani haqida ma’lumot yo‘q. Bunisi mavsum rasman boshlanganida ma’lum bo‘ladi. “Jenoa” A Seriyadagi birinchi tur uchrashuvini Milan shahrida mamlakatning amaldagi chempioni “Inter”ga qarshi o‘tkazadi.

217455042_4757240624286820_4500071642769837830_n

Ungacha, genuyaliklar “Insbruk”, PSJ va “Maynts-05” jamoalari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida o‘z imkoniyatlarini sinoadan o‘tkazib oladi.

“Jenoa” darvozaboni ketdi!

Genuyaliklar Italiya terma jamoasi darvozaboni Salvatore Siriguni taklif etganidan keyin zaxira posboni Alberto Paleari klubdan ketishini aytgandi.

Genuya klubi rasmiy tarzda darvozabon bilan xayrlashganini e’lon qildi. Palearini “Benevento” keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.

Alberto Paleari “Jenoa”ga o‘tgan mavsumda qabul qilingan edi va A Seriya uchrashuvlarida uch marotaba maydonga tushgan. Endi iste’dodli darvozabon “Benevento” tarkibidan joy olish uchun kurashadi.

Paleari

“Jenoa” porlagan futbolchi faoliyatini yakunladi

Shvetsiyalik himoyachi Andres Grankvist faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. “Xelsingborg” jamoasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Grankvist faoliyati davomida Angliyaning “Uigan Atletik”, Niderlandiyaning “Groningen”, Italiyaning “Jenoa” va Rossiyaning “Krasnodar” jamoalari sharafini himoya qilgan.

Grankvist genuyaliklar safida 2011-2013 yillarda to‘p tepgan va jami 64 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marotaba nishonga olishga ham erishgan. Shundan so‘ng, tajribali himoyachi “Krasnodar” jamoasi taklifini qabul qilib, 2018 yilgacha Rossiya premer-ligasida to‘p tepdi. Aytish joizki, 2014-2016 yillarda krasnodarliklar sharafini himoya qilgan Odil Ahmedov ham Grankvist bilan birga o‘ynagan.

Shved futbolchisi faoliyatining oxirgi bosqichini o‘zini tarbiyalagan “Xelsingborg”da o‘tkazdi. U Shvetsiya terma jamoasi safida 2006-2019 yillar davomida jami 88 ta bahsda maydonga tushib, himoyani mustahkamlash barobarida raqiblar darvozasini to‘qqiz marotaba ishg‘ol qilishga ham erishdi.

60f2e8df02e8bd53897d8b0a

- Men uchun qiyin davr bo‘ldi. O‘z vijdonim va jamoadoshlarim oldida adolatli bo‘lish uchun qattiq kurashdim. Aqlim faoliyatimni davom ettirishimni istayapti, lekin tanam turli muammolarni yuzaga chiqara boshladi. Klubdagilar, oilam bilan maslahatlashib, butsalarimni mixga ilishga qaror qildim, - dedi Grankvist.

Shomurodov yangi mavsumda nechta gol ura oladi? Eldor savolga javob berdi!

Shomurodov yangi mavsumda nechta gol urishini aytdi!

“Tottenxem”da Shomurodovni kutgan Mourino endi “Roma”dan Eldorni olishni talab qilmoqda!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

“Jenoa” Shomurodovga Ukrainadan raqobatchi olib kelmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдимомунжан Закиров
19/07/2021 13:10
Маколани чикаришдан один хатоларини тугрилаш керак.
Тугри еза оладиган журналистларни ишга олиш тавсия килинади
&
Турсун Ғани
19/07/2021 03:05
ЎТГАН ЙИЛИ ЭЛДОР РАСТОВ ВИЛОЯТИ ҲАЛҚИ ҲУРМАТИ УЧУН 61-РАҚАМДА ЎЙНАГАН БЎЛСА. БУ ЙИЛ ИТАЛИЯДА ЭЛДОРНИ ҲУРМАТ ҚИЛИБ 11-РАҚАМНИ БЕРИШАДИДА. МАЛАДЕЦ ЭЛДОР ОЛҒА БОСАВЕР.БУ ЙИЛ ФАҚВТ СЕНИНГ ЎЙИНЛАРИНГ БИЛАН ОВУНАМИЗ БИЗЛАР МТЖ ЎЛГАН ПАЙТДА ИТАЛИЯ А СЕРЯСИГА ЖЕНОАГА МУҲЛИСЛИК ҚИЛАМИЗДА.