Shomurodov: Taxtni bo'shat, men keldim!
Turkiya Superligasining 34-turida “Istanbul Boshakshehir” futbolchilari “Gaziantеp” jamoasi mehmoni bo‘lib, safar uchrashuvidan muhim g‘alaba bilan qaytdi.
Nuri Shaxin jamoasi muvaffaqiyatida o‘zbek futbolchilari katta rol o‘ynadi. Dastlabk, Abbosbek Fayzullaev 6-daqiqada germaniyalik legioner Devi Zelkening goli urishiga qulay pas uzatib berdi.
22-daqiqada esa, Eldor Shomurodov penaltini aniq bajarib, Superligadagi gollari sonini 22 taga yetkazib oldi. Bu gol legionerimizni to‘purarlar poygasi peshqadami Pol Onuachuga tenglashib olishini ta’minladi.
Istanbulliklar ikkinchi bo‘limda harchand harakat qilmasin, raqib darvozasiga boshqa yo‘l topa olmadi. Aksincha, “Gaziantеp” vakillari bir marta javob to‘pini kiritib, uchrashuvni 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunladi.
“Trabzonspor” sharafini himoya qilayotgan Pol Onuachu to‘purarlar bahsida ta’qibchilaridan ancha ilgarilab ketgan edi. Biroq nigeriyalik forvard 4 apreldan buyon raqiblar darvozasiga yo‘l topa olmayapti va quruq seriyasi beshta o‘yinga yetdi.
Bu jarayonda Eldor Shomurodov oxirgi oltita o‘yinda raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qilib, chempionatdagi gollar soni bo‘yicha Polb Onuachuga tenglashib oldi.
Trabzonlik futbolchilar oxirgi tur uchrashuvini 17 may kuni o‘z maydonida “Genchlerbirligi” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Shu bahsda Pol Onuachu gol urib, Shomurodovdan yana o‘zib ketishga va “Oltin butsa”ni o‘zinik qilishga harakat qiladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, Eldor Shomurodov 22 ta golidan 18 tasini o‘yindan kiritgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha Superligada eng zo‘r hujumchiga aylandi. Hamyurtimiz to‘rt bor penaltidan gol urgan.
Pol Onuachu esa, 22 ta goldan oltitasini 11 metrlik belgidan kiritgan va o‘yindan 16 ta gol urgan. Uchinchi o‘rinda boraotgan “Fenerbahche” forvardi Taliskaning hisobidagi 19 ta goldan beshtasi penaltidan darvozaga joylangan.
“Fenerbahche” ham chempionatdagi oxirgi bahsini 17 may kuni o‘tkazadi va o‘tgan turda xet-trikka erishgan Taliska yana kamida shuncha gol ursagina, to‘purar poygasi peshqadamligiga aralasha oladi.
Turkiya yuqori divizionida debut mavsumini o‘tkazayotgan Eldor Shomurodov “Boshakshehir” vakillari orasida chempionatning barcha o‘yinlarida maydonga tushgan yagona futbolchidir.
30 yoshli forvardimiz deyarli barcha raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Xususan, Eldor 17 ta raqib jamoadan 14 tasi, ya’ni “Beshiktosh”, “Alanyaspor”, “Konyaspor”, “Galatasaroy”, “Antalyaspor”, “Kozhaelispоr”, “Genchlerbirligi”, “Trabzonspor”, “Kasimpasha”, “Samsunspor”, “Gaziantеp”, “Fotih Karagyumryuk”, “Rizespor” va “Eyupsor” darvozasini ishg‘ol qildi. “Fenerbahche”, “Kayserispor” va “Gyoztepe” esa, chempionatning har ikki o‘yinida Shomurodovning gol urishiga yo‘l bermagan jamoalar bo‘lib qoldi.
“Istanbul Boshakshehir” chempionatni beshinchi o‘rinda yakunladi va Evrokuboklarda ishtirok etishi uchun Turkiya kubogi finali natijasini kutishi kerak. Unda “Trabzonspor” futbolchilari “Konyaspor” jamoasini mag‘lub etsa, Shomurodov jamoadoshlari bilan birga kelasi mavsum xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

Fikrlar
элдор бундай демаган!