«Shomurodov transfer bozorining asosiy qahramoniga aylanishi mumkin»

  • 27 yanvar, 2021, 14:42
  • 0
CHERY AUTO

Italiyaning "Telenord" loyihasi orqali efirga uzatilgan "Biz Genuyamiz" jonli efirdagi ko‘rsatuvida "Jenoa" sobiq futbolchisi Roberto Prutstso o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Men Shomurodovning "Kalyari"ga qarshi bahsini tomosha qildim. Menimcha, bu uning eng yaxshi o‘yini emas edi. Eldorda A Seriya uchun kerak bo‘lgan barcha xususiyatlar bor. U keyingi transfer bozorining asosiy qahramoniga aylanishi mumkin. Eldorda futbol afsonasiga aylanish uchun kuch va o‘ziga xoslik bor", - dedi Prutstso.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz "Kalyari"ga qarshi o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 77-daqiqada zaxiraga olingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!