Shomurodov va Galiulinning jamoalari litsenziyalashdan o‘ta olishmadi
Bugun Rossiya futbol ittifoqida klublarni litsenziyalash bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra "Amkar", "Rostov" va "Tosno" qo‘yilgan talablarni bajara olishmagan va shu bois ularga kelgusi mavsum chempionatda ishtirok etish litsenziyasi berilmadi. Biroq, ushbu jamoalar oy oxiriga qadar ushbu masala yuzasidan apellyatsiya berish huquqiga egalar.
Ma’lumot uchun, “Rostov” safida hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘ynasa, “Tosno”da yana bir o‘zbekistonlik futbolchi – Vagiz Galiulin to‘p suradi.
Fikrlar