Shomurodov yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi. Hamyurtimiz "Jenoa"da qoladi

  • 10 iyul, 2021, 11:37
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha oy avval o‘tgan mavsum A Seriyadagi oxirgi o‘yinini o‘tkazgan "Jenoa" mana yana mashg‘ulotlarga qaytdi.

Tecno

Genuyaliklar o‘z bazasida yangi mavsum taraddudini boshladi. Bosh murabbiy Davide Ballardini lavozimida qoladigan bo‘ldi. U jamoani yangi mavsumga tayyorlamoqda.

Shuningdek, hamyurtimiz Eldor Shomurodov ham kamida yarim mavsum "Jenoa" sharafini himoya qiladi. Har holda Genuya tomondagi manbalarning bildirishicha, rahbariyat shunday qarorga kelgan. Shomurodov 6 oy "Jenoa" safida to‘p tepsa uning transferi oshishi mumkin, degan qarorga kelingan.

Ayni paytda terma jamoadagi o‘yinlarini yakunlagan va faqat klub safida harakat qiladigan futbolchilar Ballardini qo‘l ostida shug‘ullanishni boshladi.

212077235_4733761099968106_4413463939259980444_n

211872918_4733761119968104_4269292180866403126_n

photo_2021-07-10_09-29-15

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!