
Shomurodov zaxiradan maydonga tushgan uchrashuvda "Roma" yirik g‘alabani tantana qildi
O‘rtoqlik uchrashuvi doirasida "Roma" hamda "Shaxtyor" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda rimliklar yirik 5:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
"Bo‘rilar" safida Pellegrini, Manchini, Zanolo hamda Bove gol urdi. Shuningdek, Konoplya o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, hamyurtimiz Eldor Shomurodov 80-daqiqada Abraxam o‘rniga maydonga tushdi.
Fikrlar