Shomurodovni beringlar! Eldorga jiddiy xaridor chiqdi...

  • 18 oktabr, 2022, 07:49
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Roma” Joze Mourino qo‘l ostida A Seriyada yuqori o‘rinlar uchun kurashmoqda. Biroq, “bo‘rilar”ning Evropa ligasidagi ishtiroki muxlislarni xushnud etayotgani yo‘q. Murabbiylar shtabini etakchi o‘yinchilarning ko‘p jarohat olayotgani bezovta qilyapti.

Joze Mourino tarkibni rotatsiya qilishni xush ko‘rmaydi va shu bois, katta og‘irlik asosiy tarkibga muntazam jalb qilinayotgan o‘yinchilarga tushmaydi.

Bizni qiziqtirayotgan masala esa, Mourino Eldorga imkoniyat bermayotgani bilan bog‘liq. “Roma”ning Genuyada “Sampdoriya”ga qarshi o‘tkazilgan bahsida ham Shomurodov zaxirada qoldirildi. Qizig‘i, o‘tgan yili Eldor aynan “Sampdoriya”ga qarshi bahsda zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, jamoasiga durang natija keltirgandi.

shoma

Joriy mavsumda hamyurtimiz A Seriyada uch bor ko‘rinish berdi va jami 37 daqiqa o‘ynadi. Bu vaqtni o‘yinchiga o‘zini ko‘rsatish uchun berilgan imkoniyat, deb bo‘lmaydi.

Shomurodovning zaxirada qolib ketayotgani unga xaridorlarning e’tiborini qaratmoqda. Yozda asosiy to‘purari Andrea Belottidan ayrilgan “Torino” yangi mavsumda hujumchi masalasida muammoga duch keldi. Hozir Turin klubida uch himoyachi bor. Ulardan paragvaylik Antonio Sarabiya to‘qqizta o‘yinda atigi ikkita gol urdi.  Italiyalik Petro Pellegri muntazam o‘ynayotgan bo‘lsa-da, hali gollari hisobini ochgani yo‘q. Frantsiyalik Yann Kamaro uchta bahsda maydonni quruq tark etdi.

“Torino” bosh murabbiyi Ivan Yurich klub direktori Davide Vagnatidan “Roma” foydalanmayotgan Eldor Shomurodovni olib kelishni talab qilmoqda.

Italiya futbolini yoritishga ixtisoslashgan https://footballnews24.it sayti eksperti Fedeli Kontining ma’lum qilishicha, ayni paytda Davide Vagnati poytaxtlik “bo‘rilar”dan o‘zbek hujumchisini olish yo‘llarini qidirmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Torino” yozda ham Shomurodovni olishni bir necha bor urinib ko‘rgandi. Lekin bu transfer amalga oshmay qoldi.

Umuman olganda, yozgi transferlar oynasi davrida legionerimizga xaridor etarlicha chiqdi. Xususan, Italiyadan “Montsa”, “Sassuolo”, “Torino”, “Salernitana”, “Bolonya”, Germaniyadan “Shtuttgart”, Frantsiyadan “Nitstsa”, Turkiyadan “Trabzonspor”, “Beshiktosh”, “Galatasaroy”, Rossiyadan TsSKA va Saudiya Arabistonidanidan “Al-Hilol” qiziqish bildirgani haqida ma’lumotlar tarqatilgandi. Ulardan bir nechtasi Rim klubiga aniq taklif bilan chiqdi.

Yaqinda “Bolonya” rahbariyati ham Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olish niyatidan qaytmagani ma’lum bo‘lgandi. Jamoani qabul qilib olgan sobiq mashhur futbolchi Tyago Motta asosiy hujumchi sifatida o‘zbek forvardini ko‘rayotganini ta’kidlab, klub mutasaddilari oldiga qishki transferlar mavsumida asosiy nishon sifatida o‘zbek hujumchisini olib kelishni vazifa qilib qo‘ydi.

Eldor Shomurodovning legionerga aylanishida, Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishida unga yordam bergan va manfaatlarini himoya qilib kelayotgan ProSports Management kompaniyasining Osiyodagi loyihalariga rahbarlik qiluvchi Qahhor Mo‘minov agar Shomurodov faoliyatida ijobiy tomonga o‘zgarish bo‘lmasa, qishda “Roma” rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lishini ta’kidlagan.

volga (2)

Shuningdek, bu mutaxassis yozda Joze Mourino Eldorni boshqa jamoalarga qo‘yib yubormay, albatta, o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon berilishini aytgandi.

Shomurodov ketadi(mi?)...

Dibala Shomurodovga yo‘l ochdi

Shomurodov Xoland bilan birga!

Legionerimiz jamoasini chempionlik kurashiga qaytardi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
араббаевич давлат
18/10/2022 09:16
Илтимос Шомуродов Э тугрисида езишни тухтатинглар. Романи уйини трансляциясини хам олиб беришни бас килинглар. Ман шахсан ромага балет килмайман. Элдорга уйинига кизикаман. Элдор уйинларга тушмайди. Биз ана тушар мана тушар 10 дакика булса хам уйини курайлик деб асабийлашмокдамиз. Бу ерда нимадир сир бор. Нима булганлигини Элдор ва Моу билади.
&
ISAEV
18/10/2022 09:02
Суриш керак