Shomurodovni qo‘llab-quvvatlashmadi!

  • 28 iyul, 2023, 19:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov  yangi mavsumni “Kalyari”da boshlashi haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Xususan, “Kalyari” mutasaddilari “Roma” rahbariyatini o‘zbek futbolchisini keyinchalik 9 million evroga sotib olish huquqi bilan, bir million evro evaziga kelasi mavsum uchun ijaraga berishga ko‘ndirdi.

“Kalyari”ni boshqarayotgan mashhur murabbiy Klaudio Raneri Eldor Shomurodovni asosiy tarkibda o‘ynatishni rejalashtirmoqda. Italiyalik mutaxassis Borxa Mayoral va Anastasios Douvikas variantlarini chetga surib, Eldor Shomurodovni tanlagani hamyurtimizga yangi jamoaga yo‘l ochdi.

Rossiyaning “Match TV” sayti Eldor Shomurodov transferiga “Rubin” markaziy himoyachisi Rustam Ashurmatovdan munosabat so‘radi.

aa06-6ca13267e718a9200ff59bbea801ba9d

- Siz ilgari Rossiya Premer-ligasida o‘ynamagansiz. Rossiya chempionatini qanday baholaysiz?

- Bu yaxshi musobaqa, unda o‘ynash qiziqarli. Menga Rossiya chempionati juda yoqadi. Men avval ham Rossiya Premer-ligasini kuzatib borganman. Bu erda mening do‘stlarim to‘p tepgan.

- Aynan kim?

-  Eldor Shomurodov. U hozir “Kalyari” jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Hali Eldorga qo‘ng‘iroq qilib gaplashganim yo‘q. Lekin yangi jamoasidagi ishlari “Roma”dagidan muvaffaqiyatli bo‘lishiga umid qilaman.

- Shomurodov Italiyadagi faoliyatini zo‘r boshladi. Keyin hammasi asta-sekin ortga keta boshladi. Joze Mourino bilan xarakteri to‘g‘ri kelmadimi?

- Futbolda ba’zan senga do‘stlaring, jamoa va murabbiy yordami juda kerak bo‘ladi. “Roma”da bundan bo‘lmadi, “Jenoa”da esa, bu holatni bor edi. Umid qilamanki, “Kalyari”da bundan yaxshi bo‘ladi.

Darhaqiqat, O‘zbekiston milliy terma jamoasi etakchilaridan – Eldor Shomurodov va Rustam Ashurmatovning yo‘llari klublar miqyosida “Bunyodkor”da kesishgan.

198027_680

Eldor 2015 yilning boshida “Mash’al” jamoasidan “qaldirg‘ochlar” safiga qo‘shilgan. Mohir hujumchi poytaxt jamoasida 2017 yilning yozigacha – Rossiya Premer-ligasi vakili – “Rostov”ga ko‘chib o‘tguncha to‘p tepgan.

Rustam Ashurmatov ham, o‘zini tarbiyalagan “Qo‘qon-1912” jamoasidan “Bunyodkor”ga Shomurodov bilan bir paytda olib kelingan edi.

2019 yilning fevraligacha Toshkent shahri jamoasi sharafini himoya qilgan mahoratli himoyachi, Janubiy Koreyaga yo‘l olib, bir necha mavsum davomida “Kvandju” va “Kanvon” jamoalari sharafini himoya qildi.

Orada bir yil yurtimizga qaytib, “Navbahor”da o‘ynagan Rustam Ashurmatov 2023 yilning yanvarida “Rubin”ga ko‘chib o‘tdi va qozonliklarning birinchi liga g‘olibiga aylanib, yuqori divizionga chiqishiga ko‘maklashdi.

Ta’kidlash joizki, Eldor Shomurodov O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi faoliyatini Rustam Ashurmatovdan ikki yil oldin – 2015 yili boshlab, hozirgacha 65 ta uchrashuvda 37 ta to‘p kiritdi.

Ashurmatov esa, 2017 yildan beri xalqaro maydonda 23 marotaba maydonga tushgan va bugungi kunda terma jamoamizning asosiy himoyachilaridan hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Абдурахмон лидер
27/07/2023 18:03
Бизаникилар харакат қилиб суриштириб қизиқиб билмиди. Тайёрини таржима қилади ёки кўчадан эшитганини ёзворуради.
&
Абдурахмон лидер
27/07/2023 18:02
Миша вечиринка атмен масми ишқилиб. Нега расман элон қилишмаябди Шомуродовни